Yaqin kunlarda Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi «Lokomotiv»ga yarim himoyachi Artem Karpuqasning transferi bo'yicha oxirgi taklifini yuboradi. Bu haqda «MYACH RU» telegran kanalida xabar berilgan.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «ko'k-oq-qizil» jamoasi «temir yo'lchilar»ga 6-7 million evro taklif qiladi. Avvalroq «Lokomotiv» o'z futbolchisi uchun 10 milliondan ortiq talab qilgan edi.
Karpuqas — «qizil-yashil»larning tarbiyalanuvchisi. O'tgan mavsumda 24 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 35 uchrashuvda qatnashib, ikki gol urdi va ikki golli uzatmani amalga oshirdi.
Karpuqasning «Lokomotiv» bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda tugaydi.




