«Dinamo» 34 yoshli Lunyov bilan shartnomani uzaytirdi
Moskva «Dinamo» darvozaboni Andrey Lunyov bilan mehnat shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda «oq-ko'klarning» rasmiy Telegram kanalida xabar berilgan.
Lunyovning «Dinamo» bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha davom etadi va 2028 hamda 2029 yillarga uzaytirish imkoniyatlari mavjud.
Lunyov 2024 yilda «Dinamo»ga qo'shilgan. O'tgan mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda 18 uchrashuvda qatnashib, 21 gol o'tkazib yuborgan va to'rt marta darvozasi daxlsiz qolgan.
Rossiya chempionati – 2025/26 natijalariga ko'ra «Dinamo» turnir jadvalida yettinchi o'rinni egalladi. 30 turda poytaxt jamoasi 45 ball to'plagan.




