Avvalgi Chexiya terma jamoasi o'yinchisi Mario Lichka «Evro-Futbol.Ru» tarmog'iga o'z mamlakatining milliy jamoasi o'yini haqida eksklyuziv izoh berdi. Chexlar jahon chempionatida o'tkazilgan 2 turdan so'ng, faqat 1 ochko to'pladi, bu ochko 18 iyunda Janubiy Afrikaga qarshi o'yinda qo'lga kiritildi.
«O'yin shunday tugadi, men shuni kutgandim, ya'ni durang... Men Chexiya terma jamoasining o'yinidan noroziman: biz faqat himoyaga e'tibor qaratyapmiz, hujumda esa faqat standart vaziyatlardan keyin xavf tug'dira olamiz... Biz boshqa narsaga loyiq emasmiz, keyingi bosqichga o'tish haqida esa umuman gapirmayman», - dedi Lichka.
Hozirda Chexiya guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qolmoqda va uchinchi o'rinda turibdi. So'nggi turda Miroslav Koubekning jamoasi Meksikaga qarshi o'ynaydi.




