Kabo-Verde terma jamoasining yarim himoyachisi Kevin Lenini kelasi mavsumda «Krasnodar»da qoladi. Bu haqda futbol insayderi Ivan Karpov ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachiga braziliyalik «Atletiko Mineiro» qiziqqan, ammo tomonlar kelisha olmadi. Potensial xaridor «bo'ri»ning moliyaviy talablarini qondira olmadi.

Lenini 2022-yil sentyabridan buyon krasnodar jamoasida o'ynaydi. 29 yoshli yarim himoyachining «bo'ri» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027-yilning iyun oyining oxirida tugaydi. Futbolchining bozor qiymati besh million evroga baholanmoqda.