Kuyraso milliy jamoasi futbol bo'yicha jahon chempionatlari tarixida noyob rekord o'rnatdi.
Mahalliy futbol federatsiyasi ma'lum qilishicha, milliy jamoa jahon chempionatida ishtirok etgan eng kam aholi soniga ega mamlakat sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Kuyrasoning aholisi 156 ming kishidan iborat.
2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichidagi dastlabki uchrashuvda Kuyraso jamoasi Germaniya milliy jamoasiga 1:7 hisobida mag'lub bo'ldi.
Keyingi o'yinini Dik Advokat boshqaruvidagi jamoa 21-iyun, yakshanba kuni Ekvador milliy jamoasiga qarshi o'tkazadi.




