2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichidagi birinchi turda Jazoir terma jamoasi Argentina milliy jamoasiga 0:3 hisobida katta mag'lubiyatga uchradi. «Albiseleste» safida Lionel Messi xet-trik qayd etdi.
Algerie Football Media'ning xabar berishicha, uchta gol o'tkazib yuborgan darvozabon Luka Zidan mag'lubiyat uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oldi va terma jamoa hamkasblaridan uzr so'radi.
Jazoir terma jamoasi keyingi uchrashuvda 23 iyun kuni Iordaniya milliy jamoasi bilan to'qnash keladi. Afrikaliklar guruhdagi so'nggi o'yinlarini 28 iyun kuni Avstriyaga qarshi o'tkazadilar.




