Shonli fransuz sobiq futbolchisi Patrik Viyera Angliya terma jamoasining 2026 yildagi jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi so‘zlariga ko‘ra, «uch arslon»ning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan Jud Bellingemning qahramonliklariga bog‘liq bo‘ladi.
«Jamoa jahon chempionatini yutishi uchun, uning eng yaxshi o‘yinchisi o‘z imkoniyatlarining eng yuqori cho‘qqisida o‘ynashi kerak. Men Bellingem haqida gapiryapman. Agar Jud o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatmasa, Angliya turnirni yutmaydi», – deydi Viyera Madrid Xtra nashriga.
Thomas Tuxel boshqaruvidagi jamoa mundialni Xorvatiyaga qarshi 4:2 hisobida g‘alaba bilan boshladi. Jud Bellingem bitta gol urdi, shuningdek, Garri Keyn (ikki marta) va Markus Rashford ham gol urishdi.




