«Barselona» yarim himoyachisi Gavi, Ispaniya terma jamoasidagi do‘sti Mark Kukurelyaning Madridning «Real» klubiga o‘tishiga unchalik xursand emas.

«Qirollik» klubi bir necha kun oldin «Chelsi»ning chap himoyachisi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

«Bu ahmoq hech narsa aytmadi. Biz buni faqat kechqurun bilib oldik, ertasi kuni esa allaqachon e’lon qilingan edi. Hech kimga hech narsa ma’lum emas edi», – deydi Gavi intervyusida, Barca Universal xabariga ko‘ra.

Mark Kukurelyaning transferi «Real»ga 60 million evroga tushdi, buning ichida 5 million evro miqdorida bonuslar ham mavjud. Eslatib o‘tamiz, himoyachi «Barselona»da o‘z karerasini boshlagan, ammo asosiy jamoada joylashishga muvaffaq bo‘lmagan.