UFC ning sobiq jangchisi Xabib Nurmagomedovning fikricha, 2026 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi bombardiri bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan besh futbolchi mavjud.

Rossiyalik mutaxassis Fransiya terma jamoasining hujumchisi Kylian Mbappe, Argentina vakili Lautaro Martinez, Braziliya futbolchisi Vinisius, Portugaliya o‘yinchisi Joao Felish va Angliya hujumchisi Garri Keynni ajratib ko‘rsatdi.

Mbappe va Keyn o‘z jamoalari dastlabki o‘yinlarida Senegal va Xorvatiyaga qarshi ikkitadan gol urishdi.

Vinisius esa Marokashga qarshi o‘yinda bir gol urdi, ammo penta-kampionlar g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lmadi (1:1). Martinez va Felish hozircha samarali zarbalar bilan ajralib turishmayapti.