Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Olivye Zhiru hozirgi jamoa lideri Kiliyan Mbappening Fransiya terma jamoasi uchun 100 golga yetishiga shubha qilmaydi. Eslatib o'tamiz, hozirda Mbappe 27 yoshda.
«Kiliyan barcha rekordlarni yangilaydi, bu faqat vaqt masalasi. To'rt yil oldin men T'yerri Anrini ortda qoldirdim. Endi esa meni ortda qoldirishdi. Ishonchim komilki, Mbappe 100 golga yetadi, uning butun karerasi hali oldinda», - deya fransuz veteranining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, hozirda Kiliyan Mbappe Madridning «Real» klubida o'ynaydi. U avval «PSJ» va «Monako» kabi fransuz klublarida ham o'ynagan.




