Kanada terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichidagi ikkinchi turda Qatarning to'qqiz nafar o'yinchisi bilan qoldirilgan raqiblarini mag'lubiyatga uchratmoqda.

75-daqiqada Mohemmed al-Mannai o'z darvozasiga to'p kiritdi – 5:0. Avvalroq gollarni Jonatan Devid (ikki marta), Kayl Larin va Natan Saliba kiritishdi. 33-daqiqada qatarliklar Xomam Ahmadning qizil kartochkasi tufayli o'n kishiga tushib qolishdi, 53-daqiqada esa Assim Modibo qoidalarni buzganligi uchun yana bir qizil kartochka oldi.

Bugungi g'alaba kanadaliklar uchun jahon chempionatidagi birinchi g'alaba bo'ladi. Birinchi turda «qizillar» Bosniya va Gersegovina terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o'ynashdi.