Braziliyalik iste'dod Marquinhos Moskva «Spartak» klubini tark etishi mumkin, unga Braziliya chempionatidan bir necha klub qiziqish bildirgan. Bu haqda «Evro-futbol.ru» ichki manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

O'tgan Rossiya chempionatida Marquinhos «Spartak» safida beshta gol urdi. U Moskva klubida ikki to'liq mavsum o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, «Spartak» o'z maqomiga mos kelmaydigan darajada Rossiya Premyer-ligasi turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda yakunladi. Moskvaliklar oxirgi marta 2017 yilda mamlakat chempioni bo'lgan.