Yaqinda ommaviy axborot vositalarida Lionel Messi otasining salomatligida jiddiy muammolar borligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Ushbu holat, Argentina terma jamoasi hujumchisi gol urganidan keyin, Aljirga qarshi o'yinda yig'laganini tushuntiradi.

Xorxe Messi haqidagi ma'lumotlarning keng tarqalishi va uning holati internetda muhokama qilinishi sababli, Argentina futbolchisi oilasi bayonot berishga qaror qildi.

«Messi oilasi Xorxe Messining salomatligida muammolar borligini ma'lum qiladi. Hozirda u shifokorlar nazoratida, tiklanmoqda va uning holati yaxshilanmoqda. So'nggi soatlarda tarqalgan xabarlar, mish-mishlar va taxminlar munosabati bilan, oila ba'zi insonlarning shaxsiy oilaviy masalaga befarqligi, hurmati va odobini yo'qotganidan norozi ekanligini bildiradi», - deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Messi yaqinlari Xorxe holati haqida barcha ishonchli ma'lumotlarni bevosita oila a'zolari tomonidan yetkazilishini ta'kidladilar.

Argentina terma jamoasi jahon chempionatidagi navbatdagi o'yinini 22 iyun kuni o'tkazadi. Raqib - Avstriya terma jamoasi.