Biz Janubiy Koreya terma jamoasi ichida yuzaga kelgan mojarolar haqida xabar bergan edik, bu yerda jurnalistlar terma jamoa o'yinchilariga nisbatan nojo'ya so'zlar aytishdi. Janubiy Koreya futbol federatsiyasi o'yinchilarni himoya qilishga qaror qildi va maxsus bayonot chiqardi:

«Jurnalistlar o'rtasidagi bunday muhokamalar qabul qilinmaydi, bu esa barcha, jumladan, jamoa o'yinchilarini ham xafa qildi. Biz jurnalistlarning faoliyatini va OAVning ahamiyatini hurmat qilamiz, ammo ularning ishlari etikaga mos bo'lishi kerak», - deyiladi Janubiy Koreya futbol federatsiyasining bayonotida.

Bugun kechqurun Janubiy Koreya terma jamoasi meksikaliklarga qarshi o'ynaydi.