«Lokomotiv» hujumchisi Dmitriy Vorobyov jamoaning kelgusi RPL musobaqasida oltin medal uchun kurashishini aytdi.

- Bizda top-klub. Albatta, biz chempionlikka da'vogarmiz [kelgusi mavsumda] – deydi hujumchi «RB Sport»ga iqtibos keltirgan holda.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt klubi o‘tgan mavsum Rossiya chempionatida 53 ochko to‘plab, uchinchi o‘rinda yakunladi. Mamlakat chempioni Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi 68 ochko to‘plagan holda, ikkinchi o‘rinda esa «Krasnodar» 66 ochko bilan joylashdi.

Yangi RPL mavsumi boshlanishi iyul oxiriga rejalashtirilgan.

Shuningdek, «temiryo‘lchilar» oxirgi marta RPLni 2018 yilda yutganini qo‘shimcha qilamiz.