«Zenit» futbolchisi Vyacheslav Karavaev Sankt-Peterburg klubidagi shartnomasini uzaytirish haqida fikr bildirdi.
- Men klubda ancha vaqt bo‘ldim, barcha xodimlarni, muxlislarimizni juda sevaman va hurmat qilaman. Qolayotganimdan juda xursandman. Klub meni qadrlayotganidan ham xursandman, - deydi o'ng himoyachi «Match TV»ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Neva bo‘yidagi klub iyul oyining boshida futbolchi bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qilgandi, bu shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan. Shuningdek, kelishuvda yana bir mavsumga avtomatik uzaytirish bandi mavjud.
«Zenit» o‘tgan Rossiya chempionatida 68 ochko to‘plab, birinchi o‘rinda yakunladi.




