Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxen turk «Galatasaray»da qanday ajoyib his-tuyg'ular bilan o'ynayotganini aytib berdi. U o'zining klub rahbariyati bilan ishonchli va hurmatga asoslangan munosabatlar o'rnatilganini hisoblaydi.
«Men bilan «Galatasaray» o'rtasida o'zaro chuqur hurmat mavjud. Bu nafaqat menga, balki oilamga, do'stlarimga va atrofimdagi hamma narsaga nisbatan seziladi. «Galatasaray»da har kuni ertalab tabassum bilan uyg'onaman va shu yerda o'ynayotganim uchun Xudoga minnatdorchilik bildiraman. Va men ruhiy jihatdan eng yaxshi holatda mashq qilaman», - deya Osimxen so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Osimxen 2024 yilda «italyan qirg'og'idan» - Neapoldan «turk qirg'og'iga» ko'chib o'tdi.




