Statistik kompaniya Opta yangi hisob-kitoblar olib, o'zining superkompyuteri yordamida futbol bo'yicha jahon chempioni unvoni uchun yangi favoritni aniqladi. U Fransiya terma jamoasi bo'ldi.

Fransuzlarning unvon uchun imkoniyatlari 15,7% deb baholangan. Ikkinchi o'rinda inglizlar (12,3%) joylashgan. Eng yaxshi uchlikni 12,1% ko'rsatkich bilan amaldagi chempion Argentina tamomlaydi. O'tgan hisob-kitobda yetakchi bo'lgan Ispaniya terma jamoasi to'rtinchi o'rinda (12,1%) turibdi.

Shuningdek, eng yaxshi o'nlikka Germaniya, Portugaliya, Braziliya, Norvegiya, Niderland va Kolumbiya terma jamoalari ham kirgan bo'lib, ularning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari 6,4% dan 2,8% gacha baholanmoqda.