Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelien Tchuameni milliy jamoasi hamkori, hujumchi Usmon Dembele haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«U bizning jamoamizning asosiy elementi. Futbol maydonida Dembele bizning o'rtamizni hujum bilan bog'laydi. U bizning liderimiz. Bizda «Oltin to'p» sohibi bo'lgan o'yinchi borligidan juda mamnunmiz», - deya Tchuamenining so'zlarini Actu Foot akkaunti orqali etkazdi.

2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichidagi birinchi turda Didier Desham boshqaruvidagi jamoa Senegal terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Frantsiya ushbu nufuzli turnirdagi keyingi o'yinini 23 iyun kuni Iroq terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.