Poytaxtning «Lokomotiv» jamoasi bosh murabbiyi Mixail Galaktinov Rossiya Premer-ligasidagi boshqa jamoalar bilan muzokaralar olib borganmi, degan savolga javob berdi.
May oyining boshida Galaktinov Moskvaning CSKA jamoasiga tayinlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, «Dinamo» bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida mish-mishlar bo'lgan.
«Nima uchun xayol surish kerak? Menda «Lokomotiv» bilan amaldagi shartnoma bor, biz ishni davom ettirmoqdamiz. Boshqa klublar bilan muzokaralar bo'lmagan va bo'lishi ham mumkin emas», — dedi Galaktinov «Championat»ga.
Galaktinov 2022 yildan beri «Lokomotiv»ni boshqarib kelmoqda. O'tgan Rossiya Premer-ligasi mavsumi rus murabbiy boshqaruvidagi jamoa uchun eng muvaffaqiyatli bo'ldi. «Temir yo'lchilar» uchinchi o'rinda tugatib, besh yildan so'ng birinchi marta medallarni qo'lga kiritdi.




