O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiya terma jamoasiga qarshi (1:3) 2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichidagi birinchi tur o'yinida maydonga tushdi. Ushbu natija haqida osiyolik hujumchi Igor Sergeyev fikr bildirdi.

«Kolumbiya yaxshi jamoa, lekin biz durangni qo'lga kiritishimiz mumkin edi. Xatolar sababli achinarli gollarni o'zimizga kiritdik. Lekin umuman olganda, yaxshi kurashdik. Birinchi o'yinimiz qiyin bo'ldi. Oldinga harakat qilamiz», - deydi hujumchi Metaratings.ruga bergan intervyusida.

Birinchi o'yindan so'ng, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa o'z guruhida oxirgi o'rinda turibdi. O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 23-iyun kuni Portugaliya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.