Moskva «Spartak»ining yetakchi yarim himoyachisi Esekiyel Barqo hali ham argentinalik «Independiente» klubining qiziqish doirasida. Bu haqda Ole jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik tomon «qizil-oqlarga» 27 yoshli yarim himoyachi uchun 50 foiz huquqlarini 2 million evro atrofida taklif qilgan. Moskva klubi bu taklifni rad etdi.
O'tgan Rossiya Premer-ligasida Esekiyel 29 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.
Barqoning «qizil-oqlar» bilan shartnomasi kelasi yilning iyun oyigacha amal qiladi. Uning bozor qiymati 16 million evroga baholanmoqda.




