Eks-forvard kataloniyaning «Barselona» va londondagi «Arsenal» jamoalarida o'ynagan T'yerri Anri Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi tomonidan Jazoirga qarshi o'yinda sodir etilgan qattiq foul haqida fikr bildirdi.

«Bunday vaziyatlarda o'yinchining niyati muhim. Messi to'pga e'tibor qaratgan va hech kimga zarar yetkazmoqchi emas. Ha, u yerda aloqa bo'ldi. Lekin har bir foulni qizil kartochka bilan jazolash shart emas», - dedi fransuz Fox Sports efirida.

Argentina jahon chempionatida Jazoirga qarshi 3:0 hisobida «quruq» g'alaba bilan debyut qildi. Messi o'tgan uchrashuvda hat-trik qayd etdi va to'purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.