Katya Aveiru, Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronalduning singlisi, 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi D.R. Kongo bilan o'yin haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
«Terma jamoa yomon o'yin ko'rsatdi, futbolchilardan hech kimni ajratib ko'rsatolmayman. Portugaliya faqat boshlanishda yaxshi edi, xolos. Bu biz kutgan jamoa emas edi. Ammo men jahon chempionatidagi birinchi o'yindagi durangdan xafa emasman», - deya yozdi Aveiru ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, o'yin 1:1 hisobida tugadi. Turnirdagi keyingi o'yinida Portugaliya 23-iyun kuni O'zbekiston terma jamoasi bilan to'qnash keladi.




