Gana terma jamoasi murabbiyi Karlos Keyrush ITVga bergan intervyusida 2026 yilgi Jahon chempionatidagi Panamaga qarshi o‘yinda (1:0) qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi.

«Avvaliga sabr qilishimizga to‘g‘ri keldi, biz jangchilar kabi kurashdik. O‘yinni aqlli o‘ynashimiz orqali yutdik. Panama futbol o‘ynashni yaxshi biladi. Ularning o‘yinni nazorat qilishga harakat qilishlarini bilardik, lekin bizning strategiyamiz ularga tashabbusni qo‘lga olishga imkon berish edi», - deya tan oldi murabbiy.

2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichidagi navbatdagi turda Gana Angliyaga qarshi o‘ynaydi, Panamaysa Xorvatiya bilan uchrashadi. Gana L guruhida uch ochko bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. Angliya terma jamoasi ham shuncha ochko to‘plagan, ammo ularning kiritilgan va o‘tkazilgan gollar farqi yaxshiroq.