Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Belingem 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi birinchi turda Xorvatiyaga qarshi o'yinda (4:2) bir gol urdi.
Madriddagi «Real» futbolchisi 47-daqiqada gol urib, hisobni 3:2 ga keltirdi. Squawka ma'lumotlariga ko'ra, Belingem katta musobaqalarda to'rt gol urib, uchta afsonaviy ingliz yarim himoyachisi – Frenk Lempard, Devid Bekhem va Pol Skoulsni (har biri uch gol) ortda qoldirdi.
Oy oxirida Jud Belingem 23 yoshga to'ladi. U avvalgi Yevropa chempionatida – 2024, shuningdek, 2022-yilda Qatarida o'tgan o'tgan jahon chempionatida raqiblar darvozasini ikki marta ishg'ol qilgan.




