Gana terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida Panama ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Yagona gol 95-daqiqada urildi – uning muallifi yarim himoyachi Kaleb Yirenki. MisterChip ma'lumotlariga ko'ra, ganalik yarim himoyachi Jahon chempionatida rekord o'rnatdi – u qo'shimcha vaqtda g'alaba keltirgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Hujumchi 20 yosh va 153 kunlikda ushbu muvaffaqiyatga erishdi.

Klub darajasida Kaleb Yirenki daniyalik “Nordshyelland” jamoasida o'ynaydi. Gana milliy jamoasi safida futbolchi 12 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.

23 iyun kuni Gana terma jamoasi ikkinchi turda Angliya bilan uchrashadi.