Mashhur jurnalist Daniyel Rielo Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtian Ronaldu o'yini haqida fikrlarini bildirdi.
41 yoshli futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi birinchi turida DR Kongo bilan o'yinda gol urishga muvaffaq bo'lmadi. Uchrashuv 1:1 hisobida tugadi.
«Ronaldu – bu o'z jamoasi uchun ofat. Portugaliya o'nta o'yinchi bilan o'ynadi – oldinda esa bir «ustun» turardi. Messi o'z karerasining oxiriga yaqinlashayotganini tushunadi, ammo Ronaldu o'zining shaxsiy dunyosida yashamoqda – u hali ham 25 yoshda ekanini va yuqori darajadagi klubda o'ynayotganini o'ylaydi», – dedi Rielo.
Eslatib o'tamiz, bir kun oldin Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan Jazoirga qarshi o'yinda (3:0) hat-trik qayd etdi.




