Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi dastlabki o'yinida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi g'alaba qozona olmadi. O'yin 1:1 hisobida tugadi. Krishtianu Ronalduning o'yinini mashhur portugaliyalik agent Paulo Barboza baholadi.

Barbozaning so'zlariga ko'ra, 41 yoshli Ronalduga to'liq o'yin o'tkazish qiyin. Agent Roberto Martinesning Krishtianuni asosiy tarkibga qo'shish qarorini xato deb atadi. Barboza kelgusi o'yinda Ronalduning zaxiradan boshlashini taxmin qilmoqda.

23-iyun, seshanba kuni, Portugaliya terma jamoasi O'zbekistonga qarshi o'ynaydi.