Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatida o'z muxlislarini xafa qildi. Roberto Martines jamoasi DRC Kongoga qarshi o'yinda faqat 1:1 hisobida durang o'ynadi. Krishtianu Ronalduning o'yini juda sust o'tdi va u endi tanqidga uchramoqda.
Bundan tashqari, Opta mutaxassislari Ronalduning ushbu o'yinda Yevro va jahon chempionatlari doirasida 90+ daqiqa davomida o'ynagan o'yinlarida antirekord o'rnatganini ta'kidlamoqda. 25 tegish - Krishtianuning Portugaliya terma jamoasi uchun yirik musobaqalarda o'tkazgan to'liq o'yinlaridagi eng yomon ko'rsatkich.
Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatidagi keyingi o'yinini 23 iyun kuni O'zbekiston bilan o'tkazadi.




