Angliya terma jamoasi jahon chempionatining boshlanishida o'z muxlislarini xursand qildi. Tomas Tuxel boshqaruvidagi jamoa Xorvatiyaga qarshi o'yinda 4:2 hisobida g'alaba qozondi.
Shuni ta'kidlash joizki, inglizlar jahon chempionatiga g'alaba bilan uchinchi marta kirishmoqda. Keling, natijalarga nazar solaylik.
JCh-2018. Angliya – Tunis 2:1 (Angliya uchun turnir natijasi – 4-o'rin)
JCh-2022. Angliya – Eron 6:2 (Angliya uchun turnir natijasi – 1/4 final)
JCh-2026. Angliya – Xorvatiya 4:2
So'nggi marta Angliya terma jamoasi jahon chempionatidagi birinchi o'yinini 2014 yilda yutqazgan. O'sha paytda «uch sher» Italiyaga mag'lub bo'lgan. O'sha jahon chempionatida inglizlar hatto pley-offga o'ta olishmagan.




