Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn 2026 yilgi jahon chempionati birinchi turidagi Xorvatiyaga qarshi o'yindan so'ng ikki yutuqqa erishdi.
Forvard o'yin davomida sakkizinchi daqiqada penalti urib, hisobni ochdi. Ushbu gol bilan Keyn jahon chempionatlarida 11 metrlik belgi ostidan eng ko'p gol urgan rekordchi bo'ldi. Endi uning hisobida mundialarda amalga oshirilgan beshta penalti bor. Bu haqda Opta Sports xabar bermoqda.
Bundan tashqari, inglizlar kapitani Angliya terma jamoasi tarixida uch xil jahon chempionatida gol urgan ikkinchi futbolchi bo'ldi. Bunga qadar bunday yutuqqa faqat Devid Bekxem erishgan edi.
Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel boshqaruvidagi jamoa jahon chempionatining boshlang'ich o'yinida Xorvatiya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.




