Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez D.R. Kongo bilan 1:1 hisobida tugagan o'yindan so'ng jurnalistlarning Kriştianu Ronalduga oid savollariga javob berdi.
Kriştianu Ronalduni boshqa bir hujumchi bilan birga maydonga chiqarish kerakmi degan savolga Martinez quyidagi so'zlarni aytdi:
«Qabul qilinmagan har qanday qaror, har doim variant sifatida ko'rib chiqilishi mumkin. O'yinni batafsil tahlil qilishimiz kerak. Bizda Bernardo Silva va Bruno Fernandes kabi dunyoning eng yaxshi futbolchilari bor. Bizning jamoamiz kuchli, va bizga barcha o'yinchilar kerak. Biz jamoaga yangi sifatlar va turli o'yin variantlarini qo'shish uchun mavjud resurslardan foydalanamiz».
O'yin tugagandan so'ng Kriştianu Ronalduning darhol kiyim xonasiga ketishi haqida murabbiy shunday dedi:
«Bu bizning jahon chempionatidagi birinchi o'yinimiz va biz hali barcha protseduralarga odatlanmaganmiz. O'yin oxiri biroz g'alati bo'lib qoldi. O'yindan keyin ko'p intervyular va turli vazifalar bor. O'yinchilar har doim maydonda qolishlari, kiyim xonasiga o'tishlari yoki keyin qaytishlari kerakligini tushunishmaydi. Biz buni tuzatamiz».
Avvalroq Martinez o'yin natijasi haqida fikr bildirdi.




