Portugaliya terma jamoasi kapitan Kriştianu Ronalduning yirik xalqaro musobaqalarda gol urmaslik seriyasi davom etmoqda.

2026 yilgi Jahon chempionati - 1-turida D.R. Kongo bilan o'yin (1:1)dan so'ng, 41 yoshli hujumchining Jahon va Yevropa chempionatlarida gol urmaslik o'yinlari soni o'n taga yetdi. Bu Portugaliyalik futbolchining karyerasidagi eng uzoq davom etgan seriya hisoblanadi. Shuningdek, D.R. Kongo bilan o'yin Ronalduning yirik musobaqalarda eng kam e'tiborga molik o'yinlaridan biri bo'ldi. Butun o'yin davomida hujumchi to'pga atigi 25 marta tegdi. Bu haqda Opta Sports telegran kanali xabar bermoqda.

Roberto Martines jamoasini oldinda O'zbekiston va Kolumbiya bilan o'yinlar kutmoqda.