Yaqinda Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionatining birinchi turida Jazoirga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda uchta gol urdi. 38 yoshli forvardning bu yutug‘ini Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kiril Kombarov sharhladi.
«Ajoyib futbolchi, ajralib turadigan. Ishonchim komil, u ushbu Jahon chempionatida yana gol uradi, ehtimol, biz yana bir xet-trikni ko‘ramiz. Messi yaxshi holatda», - deya ekspertning so‘zlarini keltirmoqda «Match TV».
Xet-trik tufayli Messi jahon chempionatlarida (16) urilgan gollar soni bo‘yicha Miroslav Klozega yetib keldi. J guruhidagi keyingi o‘yinlarda Avstriya va Iordaniya qarshisida argentinalik futbolchi rekord o‘rnatishi mumkin – bitta gol urishi kifoya.




