DR Kongo terma jamoasi Portugaliya bilan o‘tkazilgan o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Afrikalik jamoa burchakdan to‘pni o‘ynab, Joan Vissa darvozadan bir qadam narida to‘pni bosh bilan aniq urdi. Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobida chiqdi.

DR Kongo terma jamoasi jahon chempionatida tarixida ikkinchi marta ishtirok etmoqda. Birinchi ishtiroki 1974 yilda bo‘lgan. O‘sha paytda Zayir (bu davlat o‘sha paytda shunday atalgan) guruh bosqichida uchta o‘yinda 0:14 hisobida mag‘lub bo‘lgan – Shotlandiyaga (0:2), Yuqosloviyaga (0:9) va Braziliyaga (0:3).

Umuman olganda, Joan Vissa DR Kongo terma jamoasining jahon chempionatlaridagi birinchi golini urgan futbolchi bo‘ldi.