Portugaliya terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida DR Kongo bilan o'ynamoqda. O'yinda o'lgan Diogu Jota ota-onalari ishtirok etmoqda. O'yin boshlanishidan oldin Portugaliya madhiyasi ijro etilganda, ekranda Jotaning surati ko'rsatildi. Shundan so'ng, ota-onasi tribunada ko'rindi – onasi yig'lab yubordi.
Diogu Jota 2025 yil 3 iyulda avtohalokatda vafot etgan. Jota va uning akasi bo'lgan avtomobil yo'ldan chiqib ketib, yong'in chiqdi. Huquqni muhofaza qilish organlari transport vositasining g'ildiragi portlaganligini ma'lum qilgan.
Portugaliya – DR Kongo o'yinini matnli translyatsiya orqali kuzatishingiz mumkin. Portugaliyaliklar tezda gol urishdi – Joau Neves farqlanmoqda.




