«Galatasaray» hujumchi Mauro Ikaridining shartnomasini uzaytirmoqchi.

Insayder Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, turk klubi argentinik futbolchiga yangi shartnoma bo'yicha birinchi rasmiy taklifni berdi. «Galatasaray» hujumchiga 2027 yil 30 iyungacha (yana bir mavsum uzaytirish imkoniyati bilan) 4,5 million evro maosh taklif qilmoqda. Ikaridi bunday taklifni qabul qilmaydi, chunki hozirda u mavsumda 10 million evro ishlab topmoqda.

2025/26 mavsumda Mauro Ikaridi «Galatasaray» safida barcha musobaqalarda 47 o'yin o'ynab, 16 gol urdi va uch assist berdi. Uning amaldagi shartnomasi 30 iyunda tugaydi.