Braziliyalik himoyachi «Lokomotiv»dan Lukas Fasson yaqin kunlarda klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Pablo Oliveira xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «temiryo'lchilar» 25 yoshli braziliyalikning moliyaviy talablarini bajarishga tayyor. Yangi shartnomaga ko'ra, Fassonning maoshi ikki barobar oshib, oyiga sakkiz million rublga (yiliga ~1,1 million evro) yetadi.

Fasson 2022 yildan buyon «Lokomotiv»da o'ynaydi. O'tgan mavsumda himoyachi barcha turnirlar bo'yicha 34 ta o'yinda qatnashib, ikki gol urdi va uchta golli uzatma berdi.

Futbolchining «qizil-yashil»lar bilan amaldagi shartnomasi iyun oxirida tugaydi.

«Lokomotiv» ikki futbolchi bilan shartnomalarni uzaytiradi