Moskva «Spartak» ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Mostovoy 41 yoshli portugalik markaziy hujumchi Krishtianu Ronalduning 2026-yilgi Jahon chempionatidagi o'yinlari haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Ronalduning Messi kabi muvaffaqiyat qozonishini xohlayman, lekin bu unga qiyin bo'ladi. Mening sevimli jamoalarim Argentina va Portugaliya. Portugaliyaliklarning o'rtasida juda kuchli o'yinchilar bor», - deydi futbol eksperti «Match TV».
Mundialdagi birinchi o'yinda Argentina Jazoirni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Lionel Messi xet-trik bilan ajralib turdi.
Portugaliya mundialdagi o'zining birinchi o'yinini bugun, 17-iyun kuni D.R. Kongo jamoasiga qarshi o'tkazadi.




